22 May 2022 yil 215

Qumqo‘rg‘on tumani 3-sektor hududida yoshlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining kubogi” bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 23-24-fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida, “Besh tashabbus olimpiadasi''ni o‘tkazish bo‘yicha bergan topshirig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining 2022-yil 4-may kunidagi tegishli Farmoyishiga muvofiq, uyushmagan yoshlar o‘rtasida iqtidori va iste’dodi bor yoshlarni seleksiya orqali professonal sport jamoalariga jalb etilishini taminlash maqsadida, Qumqo‘rg‘on tumani 3-sektor hududida yoshlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining kubogi” bo‘lib o‘tdi.
Uyushmagan yoshlardan tarkib topgan 12 ta sport jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqasi davomida, 1-o‘rinni “Kattako‘l” mahallasi, 2-o‘rin “Ko‘ganli” mahallasi, 3-o‘rin esa “Oqtom” mahallasi yoshlar jamoasi egalladi.
Musobaqa yakunida, g‘olib jamoalar Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining kubogi, qimmatbaho esdalik sovg‘alari, I-, II-, III- darajali diplom va medallar bilan taqdirlanishdi.
Text to speech