11 May 2021 yil 531

Qumqo'rg'on tumanda "yoshlar festivali" tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 11 martdagi "yoshlarni ijtimoiy qo'llab quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi 132-son qarori talablari ijrosini ta'minlash maqsadida, 2021 yil 11 may kuni Qumqo'rg'on tumani "Navro'z" istirohat bog'ida uyushmagan yoshlar festivali bo'lib o'tdi.
Yoshlar festivalida tumanning 4 ta sektor rahbarlari va uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi. Ushbu yoshlarning vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida, kontsert dasturi tashkil etilib, yoshlar ma'naviy xordiq olishdi.
Shu bilan bir qatorda, 3-sektor rahbari N.Narzullaev uyushmagan har bir yoshlar bilan suhbatlashib, "yoshlar daftari" ga kiritilgan 51 nafar yoshlarga hamda "temir daftari" ga kiritilgan 3 nafar ehtiyojmand oilalarga mehnat va ish qurollari yani jami 10 dona perfarator, 10 dona payvandlash apparati, 10 dona balgarka, 10 dona inkubator, 12 dona tikuv mashinasi va 3 dona minikultivatorlar yoshlarni va ehtiyojmand oilalarni bandligini taminlash orqali oilasining daromadini yaxshilash maqsadida topshirilib, ushbu mehnat va ish qurollaridan maqsadli unumli foydalanish kerakligi tushuntirib o'tildi.
Oilasining daromadiga yanada foyda keltiradigan mehnat va ish qurollariga ega bo'lgan yoshlar va ehtiyojmand oilalar davlatmiz tomonidan berilayotgan ishonch va ko'makdan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech