Qudasini urib, tan jarohati etkazgan quda javobgar bo'ldi
Sherobod tumanida 2021 yilning 15 fevral kuni taxminan soat 21.00 lar chamasida, "Chag'atoy" mahallasida yashovchi, P.T. ismli ayol, shu mahallada yashovchi qudasi, o.P.ning uyiga mehmonga borganida, uning akasi, o.X. bilan oldindan oilaviy kelishmovchiliklarini oshkor etib, gap-ginalarni qo'zg'ab, o'zaro janjallashishib qilishadi. Buning oqibatida o.X. uni qo'li bilan urib, "o'rtacha og'irlikda" tan jarohati etkazadi.
Natijada, 2021 yilning 6 mart kuni fuqaro o.X.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o'rtacha og'ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Ikki quda bo'lmish P.T. ismli ayol va o.X.larning o'zaro kelishmovchiligi oqibatida sodir etilgan jinoyat, quda-andachilikka sabab bo'lgan er-xotinning o'rtasiga sovuqchilik tushirishini bir o'ylab ko'rishmadimikan?!
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati