17 Dekabr 2020 yil
792
Qo'y o'g'risi qo'lga olindi
Jarqo'rg'on tumanida 2020 yilning 11 dekabr kuni, tumanning "Jarqo'rg'on minorasi" mahallasida yashovchi, J.X. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 10-dekabr kunidan 11-dekabri kuniga o'tar kechasi, noma'lum shaxs molxonasidan har biri 1.500.000 (bir million besh yuz ming) so'mdan bo'lgan 2 (ikki) bosh qo'ylarini o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni tumanning "O'zbekiston" MFYda yashovchi, A.A. sodir etganligi aniqlanib ushlangan. 16 dekabr kuni A.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmat