"Qo'shnichilik - ming yilchilik"- deyishar edi, ammo...
Denov tumanida, 2021 yilning 18 fevral kuni taxminan soat 15:00lar chamasida, "Dunyotepa" mahallasida yashovchi, A.J. qo'shnisi, K.Sh. bilan tomorqalari o'rtasiga beton ariq qo'yish masalasida joy talashib, tomorqa chegarasini kelishaolmay o'zaro tortishib qolib, janjallashishi oqibatida uni qo'li bilan yuziga urib, "sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil" tan jarohati etkazgan.
Mazkur holat yuzasidan, 2021 yilning 6 fevral kuni A.J.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga engil tan jaroxati etkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Qo'shnilar tomorqa chegarasini talashib, bir birlarini urib tan jarohatlar etkazishi aqlsizlik oqibati. Negaki bu iki inson ham o'sha talashayotgan erniki ekanligini nahot bilmaydi. Bir kuni "vaqt soati etganida" shu talashayotgan erga qo'yiladi-ku.
Azizlar insonlar bir parcha "er"ni deb, o'zingizning hayotingizni uvol qilmang!
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati