15 Iyul 2020 yil 710

Qo'shni ayolga tan jarohati etkazdi

Boysun tumanida 2020 yilning 5 iyul kuni taxminan soat 13.00 lar chamasida, "Temirdarvoza" mahallasida yashovchi R.F., mahalladoshi B.M. ismli qo'shni ayolning yashash uyi hovlisida o'zaro janjallashib, janjal vaqtida, R.F. qo'lida bo'lgan oshxona pichog'i bilan B.M. ismli qo'shni ayolning bo'yin sohasiga tan jarohati etkazadi. 2020 yilning 10 iyul kuni R.F.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech