Qora mol o'g'rilari qo'lga olindi
Termiz tumanida 2020 yilning 12 iyun kuni, tumaning "Gulbahor" mahallasida yashovchi M.Sh. Termiz tuman ichki ishlar bo'limiga ariza bilan murojaat qilib, M.Sh. o'z arizasida 6 iyundan 7 iyunga kuniga o'tar kechasi, noma'lum shaxslar, molxonasidan 14 000 000 (o'n to'rt million) so'mlik 3 bosh qora molini o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni tumanning "qahramon" mahallasida yashovchilar F.S. va F.O.lar sodir etishganligi aniklanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. Sodir etilgan ushbu o'g'rilik jinoyati bo'yicha 19 iyun kuni F.S. hamda F.O.larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v,g" bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati