5 Mart 2021 yil
556
Qonunni mensimaganlar...
Muzrabot tumanidagi avtoshohbekat hududida tezkor tadbir o'tkazildi. Unda tumanning "Xayrabod" mahallasida yashovchi A.Q. tadbirga jalb qilingan mijozdan 100 AQSh dollarini 1.050.000 so'mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo'lga olindi. Hozirda A.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo'zg'atildi.
Noqonuniy valyuta oldi-sotdisi bilan shug'ullanish qonunlarimizda taqiqlanadi. Ammo shunga qaramay, bu ishga qo'l urayotganlar ham yo'q emas. A.Q. ham shundaylardan biri bo'lib chiqdi va uning bu xatosi boshqalarga o'rnak bo'lishi lozim.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati