Qonunlarni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi
Termiz tumanida 2021 yilning 2 mart kuni tumanning "Yangier" mahallasida yashovchi, A.A. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 1 mart kuni A.Ch. ismli voyaga etmagan nabirasi, maktabidagi tayyorlov kursidan uyiga qaytayotganda vaqtida noma'lum shaxs to'xtatib, "qizimga ham shunday sirg'a yasatmoqchiman, bir ko'ray" deb qulog'ida bo'lgan narxi 870.000 (sakkiz yuz etmish ming) so'mlik 1 juft sirg'asini echib olib ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni shu mahallada yashovchi, S.I. ismli ayol oson yo'l bilan moddiy manfaat ko'rish maqsadida sodir etgan harakatlarining huquqiy oqibatlarini anglamaganligi oqibatida sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 17 mart kuni S.I. ismli ayolga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati