Qonun ustuvor — jazo muqarrar
Sherobod tumanida joriy yilning 29 iyun kuni soat 10.30 larda, tumanning "Novbur" mahallasida yashovchi, M.Sh.ning yashash uyida, turmush o'rtog'i, X.B. ismli ayol va Angor tumanida yashovchi, X.T. ayollar ro'moli bilan bug'ib o'ldirgan. Natijada M.Sh. "hayot uchun havfli bo'lgan og'ir" tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. 29 iyun kuni X.T. va X.B. ismli ayolga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Mazkur jinoyatning kelib chiqish sabab va omillariga bag'ishlangan jinoyat muhokamasi "Navbur" mahallasi 30-sonli umumta'lim maktabida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati y.Shoymonov, tuman prokurori B.Yunusov, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i podpolkovnik O'.Shukurov, tuman Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'ining birinchi o'rinbosari, tuman hokimining xotin-qizlar bo'yicha maslahatchisi g.Aminova, tuman bosh Imom-xatibi X.Shukurov tegishli mas'ullar ishtirokida bo'lib o'tdi. Unda mahalla fuqaro yig'ini faollari, oqsoqollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tashkil etilgan jinoyat muhokamasida oila turmush doirasida sodir etilgan mudhish qotillik jinoyati mas'ullar tomonidan qattiq tanqid qilinib, ushbu jinoyatning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar mahallada etarli darajada olib borilmayotganligi ta'kidlanib, mutasaddi idora vakillari oldiga qator vazifalar yuklanib, nazorat ostiga olindi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati