10 Aprel 2021 yil
541
Qo'lga tushgan qo'shmachi, qonun oldida javob beradigan bo'ldi
Sariosiyo tumanida 2021 yilning 18 mart kuni, tuman IIBga kelib tushgan tezkor ma'lumotga asosan, tuman IIB xodimlari tomonidan shu kuni taxminan soat 22.30 lar chamasida, tumanning "aeroport" mahallasi hududida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, shu mahallada yashovchi, N.B. yashash uyida, nopok yo'l bilan moddiy manfaat ko'rish maqsadida o'zining yashash uyida foxishaxona tashkil qilib, 100.000 (yuz ming) so'm pul evaziga, X.S. bilan S.S. ismli ayolga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 27 mart kuni N.B.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati