Qo'lga olingan Qidiruvdagi qallob...
Denov tumanida 2019 yil 11 dekabr kuni, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan (firibgarlik) jinoyatini sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, tumanning "Oxtom" mahallasida yashovchi M.T. 2020 yilning 18 mart kuni Toshkent shahrida xizmat safarida yurgan viloyat ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda Denov tumani bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashitirish boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida aniqlanib ushlanib, qilgan jinoyati uchun jazo muqarrarligini ta'minlash maqsadida, Denov tumani bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo'limiga topshirilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati