25 Iyul 2021 yil
451
Qochqinda yurgan firibgar Toshkent shahrida qo'lga olindi
Denov tumanida 2020 yil aprel oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi siqatida "qamoq" qo'llanilgan, tumanning "Yurchi" mahallasida yashovchi, B.Sunnatullo 2021 yil 22 iyul kuni Toshkent shahrida xizmat safarida bo'lgan viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda tuman ichki ishlar bo'limi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida yurganligi aniqlanib ushlangan. B.Sunnatullo sodir qilgan jinoyatiga jazo muqarrarligi ta'minlanishi uchun tergov bo'limiga topshirilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati