27 Iyun 2020 yil
761
Qochoq qo'lga olindi
Denov tumanida 2020 yilning fevral oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi "a" bandi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon taroj qilish) va 228-moddasi 3-qismida ko'rsatilgan (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) jinoyatlarini sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo'yicha Denov tuman sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi "qamoq" qo'llanilgan tumanning "Bog'inav" mahallasida yashovchi M.O. 25 iyun kuni tuman ichki ishlar bo'limi xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati