15 Iyun 2020 yil 488

Qochoq firibgar qo'lga olindi

Termiz shahrida 2020 yilning mart oyida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan (firibgarlik) jinoyatini sodir etib jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar Shayxontoxur tuman sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "tilxat" qo'llanilgan, Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi X.M. 12 iyun kuni viloyat IIB Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi reabilitasiya qilish markazi xodimlari tomonidan Termiz shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech