1 Dekabr 2021 yil
562
Qiziriqda xonadondan pul o'g'irlagan shaxs qo'lga olindi
Qiziriq tumanida 2021 yil 30 noyabr kuni tumanning "Yangiobod" mahallasida yashovchi, Ch.Go'zal (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 29 oktyabr kuni yashash uyidan 10.000.000 (o'n million) so'm pullarini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qiziriq tumanida yashovchi J.Xolmat sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 7 noyabr kuni J.Xolmatga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati