20 Sentyabr 2021 yil 446

Qiziriqda suv nasosini o'g'irlagan shaxs qo'lga olindi

Qiziriq tumanida 2021 yil 10 sentyabr kuni, tumanning "Yangikent" mahallasida yashovchi, tadbirkor V.Sadoqat IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 5 sentyabr kuni soat 10.30 larda, noma'lum shaxs savdo do'konidan narxi 700.000 (etti yuz ming) so'mlik bir dona "SHIMGE" suv nasosini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Angor tumanida yashovchi, D.Imron sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 13 sentyabr kuni D.Imronga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech