20 Oktyabr 2021 yil 341

Qiziriqda, profilaktik uchrashuv tashkil etildi

Qiziriq tumanida tuman IIB Probasiya guruhi hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslar bilan profilaktik uchrashuv tashkil qilindi.
Tashkil qilingan uchrashuvda, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi va tuman IIBning ma'sul xodimlari ishtirok etishib, unda tuman IIB Probasiya nazorat ostida turgan fuqarolarning ijtimoiy muammolari, ularning qayta jinoyat sodir etishining oldini olish, jamiyatga moslashishi, o'rnatilgan tartib qoidalariga rioya qilishlari, ozodlik va oila qadr qimmatini anglash kabi masalalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, ularni qiynab kelayotgan muammolari yaqindan o'rganildi.


Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech