21 Sentyabr 2021 yil 391

Qiziriqda ma'muriy nazorat qoidalarini buzgan shaxs javobgarlikka tortildi

Qiziriq tumanida 2021 yil 14 sentyabr kuni tuman IIB huzuridagi tergov bo'linmasining xabariga ko'ra, shu tumanda yashovchi, S.Davronga nisbatan 2021 yil 16 iyunda Toshkent viloyati Jinoyat ishlari bo'yicha Chirchiq shahar sudining qaroriga asosan, 6 oy muddatga ma'muriy nazorat o'rnatilgan bo'lib, u 2021 yil 4,16,25 iyul kunlari hududiy ichki ishlar bo'limidan ro'yxatdan o'tmasdan, ma'muriy nazorat qoidalarini buzganligi uchun, 2021 yil 19 avgust kunida O'zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 206-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlikka tortilgan bo'lsada, o'ziga to'g'ri xulosa chiqarmasdan joriy yilning 26 avgustdan 27 avgust kuniga o'tar kechasi yashash uyini o'zboshimchalik bilan tashlab, Angor tumaniga ketib qolganligi aniqlangan. 13 sentyabr kuni S.Davronga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 226-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech