27 Dekabr 2021 yil
443
Qiziriqda, bezorilik qilgan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Qiziriq tumanida 2021 yil 5 dekabr kuni soat 21:30 larda, tumanning "Rabatak" mahallasi hududida joylashgan to'yxona oldida, tumanning "Yangiturmush" mahallasida yashovchi, S.Sardor (ism shariflar o'zgartirilgan) jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasdan qasddan, tumanning "Rabatak" mahallasida yashovchilar, T.To'xta va Sh.Tohirni qo'li bilan duch kelgan joylariga urib, tan jarohati yetkazgan. 14 dekabr kuni S.Sardorga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b" bandi va 277-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati