20 Sentyabr 2021 yil 468

Qiziriqda Abdurasul mo'may pul topish maqsadida o'g'rilikka qo'l urdi

Qiziriq tumani "Xamkon" mahallasida yashovchi fuqaro T.Go'zal 2021 yil 2 sentyabr kuni Qiziriq tuman IIB boshlig'i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yil 1 sentyabr kuni kunduzgi vaqtda Qiziriq tumani "Zarobod" mahallasida joylashgan o'zi rahbarlik qilib kelayotgan 6-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti binosi sport zali ichki qismida o'rnatilgan o'rtacha bozorda sotilish narxi 2.000.000 (ikki million) so'm bo'lgan bir dona qora rangli "YASIN" nomli 32 lik televizori noma'lum shaxs tomonidan o'g'irlab ketilganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni Qiziriq tumani "Zarobod" mahallasida yashovchi I.Abdirasul o'g'irlik jinoyati orqali mo'may pul topish maqsadida sodir etganligi aniqlangan va undan ashyoviy dalil olingan.
Mazkur holat yuzasidan I.Abdirasulga nisbatan 2021 yil 5 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech