15 Dekabr 2021 yil 441

Qiziriq tumanida "Zo'ravonlikka qarshi kurashamiz!"shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi.

Ma'lumki, Birlashgan Millatlar tashkiloti bosh assambleyasining 1999 yil 17 dekabrdagi rezolyusiyasi bilan 25 noyabr — "Xalqaro ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish kuni"-deb, e'lon qilingan.
Shu munosabat bilan yurtimizda "Gender zo'ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar" kompaniyasi ish boshladi. Bugungi kunda Qiziriq tumanida ham "zo'ravonlikka qarshi kurashamiz!" shiori ostida tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Qiziriq tuman hokimining Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi, tuman IIB Xotin-qizlar masallalari bo'yicha katta inspektori, tuman Otinoyisi hamda mahalla profilaktika inspektorlari boshchiligida, Qiziriq tumani Yangiobod mahallasida joylashgan 17 sonli maktabning majlislar zalida ham ushbu mavzuda davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbirda, xotin-qizlarning huquq va manfaatlari, gender tenglikni ta'minlash yuzasidan batafsil tushunchalar berildi. O'z murojaatlari bilan ishtirok etgan xotin-qizlar bilan profilaktik suhbatlar o'tkazildi.

Text to speech