19 Noyabr 2021 yil 478

Qiziriq tumanida "zo'ravonlikka qarshi 16 kun" aktsiyasi doirasida seminar tashkil etildi

Kuni kecha, Qiziriq tumanidagi 12-sonli musiqa maktabida "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun" aktsiyasi doirasida seminar bo'lib o'tdi.
Tashkil etilgan seminarda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi g.Umbarova, tuman ichki ishlar bo'limining xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektori N.Eshpo'latova, tuman bosh Imom xatibining xotin-qizlar masalasi bo'yicha o'rinbosari va tuman reablitasiya rahbari Q.Igamberdieva hamda Surxondaryo viloyati IIB HPB xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektori M.Qurbonovalar hamkorligida tashkil etilgan ushbu seminar tadbirda o'quvchi yoshlar, mahalladagi uyushmagan yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda Qiziriq tuman ichki ishlar bo'limining xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektori N.Eshpo'latova himoya orderi tushunchasi, turlari va rasmiylashtirish tartib qoidalari haqida tushunchalar berib o'tdi.
Shuningdek, seminar davomida tadbir ishtirokchilari e'tiboriga zo'ravonlik va tazyiqqa uchragan xotin-qizlar haqidagi videoroliklar namoyish etildi.

Text to speech