17 Dekabr 2021 yil 419

Qiziriq tumanida, "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun" aktsiyasi davom etmoqda

Qiziriq tumanidagi 12-sonli musiqa maktabida "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun" aktsiyasi doirasida seminar tashkil etildi.
Tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi G.Umbarova, tuman Ichki ishlar bo'limining xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektori N.Eshpo'latova, tuman bosh Imom xatibining xotin-qizlar masalasi bo'yicha o'rinbosari va tuman reabilitasiya rahbari q.Igamberdieva hamda Surxondaryo viloyati IIB XPB xotin - qizlar bo'yicha katta inspektori M.Qurbonovalar hamkorligida tashkil etilgan ushbu seminar tadbirda o'quvchi yoshlar, mahalladagi uyushmagan yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda, Qiziriq tuman ichki ishlar bo'limining xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektori N.Eshpo'latova himoya orderi tushunchasi, turlari va rasmiylashtirish tartiblari haqida tushunchalar berib o'tdi.
Shuningdek, seminar davomida zo'ravonlik va tazyiqqa uchragan xotin-qizlar haqida videoroliklar namoyish etildi.

Text to speech