Qiziriq tumanida jinoyatni barvaqt jilovlash yo'lida...
Joriy yilning 2 sentyabr kuni Qiziriq tuman ichki ishlar bo'limi majlislar zalida tuman hokimi I.E.Yusupov tuman hududida faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvda, xodimlarni O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tabriklab, muhtaram Prezidentimiz bugungi kunda jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va jamoatchilik vakillarini biriktirib, ish olib borish lozimligini, o'tgan qisqa davr mobaynida bir qancha samarali ishlar olib borilganligini, jumladan, davlat boshqaruv organlari, tashkilotlar mahallalarga chiqib, uyma-uy, xonadonma-xonadon yurib, barcha fuqarolarni muammolarini aniqlab, aniqlangan muammolarni hal qilish bo'yicha chora-tadbirlar belgilanganligi, fuqarolarni kelgusida har xil turdagi jinoyat sodir etishlari yoki jinoyat qurboniga aylanib qolishlarini oldini olishga qaratilgan ishlar kechayu-kunduz amalga oshirilib kelinayotganligini, ayniqsa kam ta'minlangan ijtimoiy nochor fuqarolardan doimiy ravishda xabar olib ularning muommosini o'rganib, ijobiy hal etish choralari ko'rib kelinayotganligi ta'kidlandi.
Shuningdek, tuman IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limida xizmat olib borayotgan xodimlarning har biri bilan alohida suhbatlashilib, ularning muammolari o'rganildi.
shundan so'ng, tuman IIB Xpbda xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat faoliyatini yaxshilash uchun kompyuter jamlanmalari, skaner va veb-kameralar xizmatda foydalanish uchun topshirildi.
Bundan keyin ham jinoyatchilikning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish uchun barcha shart-sharoitlar galma-gal yaratilib borilishi bo'yicha kelishib olindi.