16 Dekabr 2021 yil 428

Qiziriq tumani 3-sektor hududida yashovchi oilalar o'rtasida musobaqa bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.10.2020 yildagi "Sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Farmoniga asosan, Respublika 3-sektorlarida yashovchi oilalar o'rtasida "O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri sovruni" uchun 2021 yilning 14 dekabr kuni Qiziriq tumani 3-sektor hududida yashovchi oilalar o'rtasida musobaqa o'tkazildi.
Musobaqada, sportning "stol tennisi", "quvnoq startlar", "shashka", "shaxmat" va "badminton" sport o'yinlari bo'yicha 1-o'rinni Qiziriq tumani Yangikent mahallasida "Bog'ishamol" ko'chasida yashovchi Ergashev Jaloliddin Baxriddinovichlar oilasi egallagan bo'lsa, kitobxonlik yo'nalishida, "Eng yaxshi ma'naviy etuk oila" deb topilgan, Qiziriq tumani Gilambob mahallasida yashovchi fuqaro Boboev Xo'jamurod Ro'zievichlar oilasi musobaqada 1-o'rinni egallab, g'olib deb topilgan.
G'oliblarga esdalik sovg'alari va tuman 3-sektor rahbarining "Faxriy yorliqlari" hamda viloyat bosqichida ishtirok etishlari uchun yo'llanmalar berildi.

Text to speech