11 May 2021 yil 645

Qiziriq tumani 3 - sektor hududida...

Qiziriq tumanining chekka hududida joylashgan 7-umumiy o'rta ta'lim maktabida sektor rahbari – ichki ishlar bo'limi boshlig'i G'.Ho'jamqulov ishtirokida tadbir tashkil etildi. Tadbirda tumandagi barcha profilaktika inspektorlari, ichki ishlar bo'limi xizmatchi-xodimlari hamda mahalla faollari va fuqarolar ham ishtirok etishib, maktab jamoasi va o'quvchilari tomonidan tashkillashtirilgan sport musobaqalari, madaniy-ma'rifiy ko'rgazmali badiiy chiqishlaridan bahramand bo'lishdi.
Tadbirlar yakunida sektor rahbari tomonidan sport musobaqalari g'oliblariga esdalik sovg'alari, o'quvchilar va maktab kutubxonasi uchun esa bolalar va kattalarga mo'ljallangan badiiy adabiyotlar, jurnallar, gazetalar tarqatildi.
Sektor rahbari - tuman IIB boshlig'i tomonidan namuna sifatida ushbu 7-umumiy o'rta ta'lim maktabi homiylik uchun qaramog'iga olinib, mazkur ijtimoiy ob'ektning barcha sohalarda qo'llab-quvvatlashi va uning natijasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, aholi turmush darajasini oshirishda bevosita ishtirok etishi ko'zlagan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech