30 Iyun 2020 yil
642
Qizchaning o'limiga sabab bo'lgan yo'l transport hodisasi
Muzrabot tumanida 2020 yilning 26 iyun kuni taxminan soat 18.30 lar chamasida, tumanning "Mustaqillik" mahallasi hududidan o'tuvchi 4K-605 avtomobil yo'lining 10 kilometrida, tumanning "Yurtim jamoli" mahallasida yashovchi q.K. boshqaruvidagi Kamaz rusumli yuk avtomashinasi bilan yo'lni o'ngdan chapga kesib o'tayotgan piyoda, tumanning "Mustaqillik" mahallasida yashovchi voyaga etmagan qizi D.D. ismli voyaga etmagan qizni turtib yuborgan. Natijada D.D. ismli voyaga etmagan qiz "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. 26 iyun kuni q.K.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati