28 Iyun 2021 yil 938

Qizchaga uyqu dori berib, qulog'idagi zirakni echib oldi

Denov tumanida 2021 yilning 26 may kuni tumani bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo'limining xabariga ko'ra, 25 may kuni soat 09.30 larda, tumanning "Vodiy" mahallasida ijarada yashovchi, tumandagi maktab o'quvchisi, voyaga etmagan, M.Aziza, ko'chada o'ynab yurgan qo'shnisi, voyaga etmagan, 4 yashar L.Muharramxonni ko'rib, uni yashash uyiga olib kirib, unga 4 dona "Amitriptlin" nomli tabletkalarini yarim piyola suvga eritib berib, L.Muharramxonni uxlab qolganligidan foydalanib, uning qulog'ida bo'lgan 1 juft 700.000 (etti yuz ming) so'mlik tilla sirg'alarini echib olganligi aniqlangan. 26 may kuni voyaga etmagan M.Azizaga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qism bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech