20 Mart 2020 yil 879

Qimor o'ynaysizmi? Nimangizni" tikasiz"!?

Qumqo'rg'on tumanida 2020 yil 19 mart kuni tuman ichki ishlar bo'limi huzuridagi tergov bo'limining xabariga ko'ra, 23 fevral kuni tuman ichki ishlar bo'limi Jinoyat qidiruv bo'linmasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Qumqo'rg'on tumanida yashovchi, yollanma ishchi q.A. o'z yashash uyida, jarqo'rg'onliklar A.T., Ch.O.larga pul tikib qimor o'yinlarni tashkil etganligi aniqlanib tezkor tadbir davomida qo'lga olingan va ashyoviy dalil sifatida 540.000 (besh yuz qirq ming) so'm pul 10 (o'n) dona o'yin kartalari hujjatlashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan 19 mart kuni tuman ichki ishlar bo'limi huzuridagi tergov bo'limi tomonidan q.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech