14 Mart 2021 yil 582

Qimor o'yinchilari qo'lga tushdi

Oltinsoy tumanida 2021 yil 24 fevral kuni taxminan soat 17.00 lar chamasida, tuman IIB xodimlariga kelib tushgan murojaatga asosan, tumanning "To'xtamish" mahallasi hududida tezkor tadbir o'tkaziladi. Tezkor tadbir davomida, shu mahallada yashovchi, o.A. o'z yashash uyida qimorxona tashkil etib, mahalladoshlari, A.J., S.N. va X.T.larga qimor o'ynashni taklif etib qimor o'ynayotganida, tuman IIB xodimlari tomonidan aniqlanib, voqea joyida ushlanadi. Va ulardan 1.009.000 (bir million to'qqiz ming) so'm pullar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan. Holat yuzasidan, 9 mart kuni o.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Noto'g'ri bosilgan qadamda ham iz qolganidek, noto'g'ri hisoblangan qilmishning ham o'z izi bo'ladi, to'qlikka sho'xlik qilgan, qonun bilan cheklangan qimor o'yinini o'ynagan kimsalar qonun oldida javob berishiga to'g'ri keladi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Oltinsoy tumani IIB tergov guruhi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech