11 Aprel 2021 yil 487

Qimmatbaho taqinchoq o'g'risi qo'lga olindi

Sariosiyo tumanida 2021 yilning 29 mart kuni, Denov tumani "Yurchi" mahallasida yashovchi, q.S. ismli ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 28-mart kunidan 29 mart kuniga o'tar kechasi, noma'lum shaxs, tumanning "Nilu" mahallasida joylashgan uyidan jami 4.100.000 (to'rt million yuz ming) so'mlik har xil turdagi tillo taqingchoqlarini o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni uzun tumanida yashovchi, T.A. sodir etganligi aniqlanib ushlangan. Qimmatbaho taqinchoqlarga ko'ngil qo'yib, ularni o'g'rilik yo'li bilan o'zlashtirib, boylik orttirishni maqsad qilgan T.A.ga nisbatan 3 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech