Qimmatbaho taqinchoq o'g'rilari qo'lga olindi
Angor tumanida 2020 yilning 30 iyun kuni, tumanning "Dexqonittifoq" mahallasida yashovchi o.G. tuman ichki ishlar bo'limiga ariza bilan murojaat qilib, shu yilning 8 iyun kunidan 10 iyun kuniga qadar vaqt oralig'ida noma'lum shaxs yashash uyida hech-kim yo'qligidan foydalanib, 6.200.000 (olti million ikki yuz ming) so'mlik 1 dona tilla zanjiri, 3 dona tilla uzugi va 2 juft ziraklarini sandig'i ichidan o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni, qo'shni mahallada yashovchilar X.X., X.S. va B.Sh.lar tomonidan sodir etganligi aniqlanib ushlangan va tegishli tartibda ashyoviy dalillar olingan. 2020 yilning 30 iyun kuni X.X, X.S. va B.Sh.larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g,b" bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati