14 Oktyabr 2021 yil 424

Qidiruvdagi shaxs Toshkent viloyatida qo'lga olindi

Uzun tumanida 2015 yil avgust oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Samarqand viloyati Samarqand shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, Uzun tumanida yashovchi, S.Jalol 4 oktabr kuni Toshkent viloyatida xizmat safarida bo'lgan tuman IIB Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Bekobod tuman hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech