12 Mart 2022 yil
445
Qidiruvdagi shaxs Termiz shahrida yurganligi aniqlanib, qo‘lga olindi
Termiz tumanida 2021 yil noyabr oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismida, ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudi tomonidan qidiruvda bo‘lgan ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, Termiz tumanida yashovchi, S.Sobir (ism sharif o‘zgartirilgan) 2022 yil 2 mart kuni viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimi tomonidan Termiz shahrida yurganligi aniqlanib, ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati