11 Fevral 2022 yil
398
Qidiruvdagi shaxs, Termiz shahrida qo'lga olindi
Termiz shahrida 2021 yil 12 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo'yicha Termiz shahar sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, shaharning "Do'stlik" mahallasida yashovchi, A.Alisher (ism sharif o'zgartirilgan) 2022 yil 3 fevral kuni viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi va Termiz shahar IIB Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan Termiz shahrida yurganligi aniqlanib, ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati