4 Iyun 2021 yil
561
Qidiruvdagi qochqin qo'lga olindi
Sherobod tumanida 2021 yilning fevral oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 226-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan (ma'muriy nazorat qoidalarini buzish) jinoyatini sodir etib jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB TB tomonidan qidiruvda bo'lgan ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, tumanning "Oltinvoha" mahallasida yashovchi, J.O. 30 may kuni Toshkent shahrida xizmat safarida bo'lgan viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda tuman IIB Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan Toshkent shahri Chilonzor tumanida yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati