31 Iyul 2021 yil
501
Qidiruvdagi o'g'ri qiz qo'lga olindi
Termiz tumanida 2020 yil aprel oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida, ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo'yicha Termiz tuman sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, tumanning "chegara" mahallasida yashovchi, B.Marjona 24 iyul kuni viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Post-patrul xizmati bataloni xodimlari tomonidan Termiz shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib, qo'lga olingan.
B.Marjona sodir qilgan jinoyatiga jazo muqarrarligi ta'minlanishi uchun JIB Termiz tuman sudiga topshirilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati