30 Noyabr 2021 yil
441
Qidiruvdagi muzrabotlik shaxs Toshkent shahrida qo'lga olindi
Muzrabot tumanida 2021 yil iyul oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo'yicha tuman sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, tumanning "Madaniyat" mahallasida yashovchi, E.Shavkat (ism sharif o'zgartirilgan) 6 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi IIV tezkor qidiruv hamkorlik boshqarmasi hamda Toshkent shahrida xizmat safarida bo'lgan tuman IIB Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan Toshkent shahri hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati