2 Yanvar 2022 yil 430

Qidiruvdagi jarqo'rg'onlik firibgar qo'lga olindi

Jarqo'rg'on tumanida 2019 yil 9 oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi "b" bandida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan Jinoyat ishlari bo'yicha tuman sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, tumanning "Qoraqursoq" mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari tayinlangan, S.Salom (ism sharif o'zgartirilgan) 14 dekabr kuni tuman hududida yashirinib yurganligi aniqlanib tuman IIB Probasiya guruhi xodimlari tomonidan qo'lga olingan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech