15 Yanvar 2022 yil
448
Qidiruvdagi jarqo'rg'onlik bezori qo'lga olindi
Jarqo'rg'on tumanida 2021 yil 20 oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "g" bandida, ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, tumanning "Hayitobod" mahallasida yashovchi, K.Amron (ism sharif o'zgartirilgan) 2022 yil 6 yanvar kuni tuman IIB Jinoyat qidiruv bo'limi hamda tuman IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limi xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati