13 Noyabr 2021 yil
428
Qidiruvdagi firibgar Sherobod tumanida qo'lga olindi
Sherobod tumanida 2021 yil sentabr oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida, ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, tumanning "Bahor" mahallasida yashovchi, R.Yusuf (ism sharif o'zgartirilgan) 28 oktabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan tuman hududida yashirinib yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati