24 Iyul 2021 yil
455
Qidiruvdagi firibgar Farg'onada qo'lga olindi
Denov tumanida 2021 yil may oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, tumanning "Bog'inav" mahallasida yashovchi, M.Isroil 20 iyul kuni Farg'ona viloyatida xizmat safarida bo'lgan viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi va tuman IIB xodimlari tomonidan Farg'ona viloyati hududida yurganligi aniqlanib ushlangan. M.Isroil sodir qilgan jinoyatiga jazo muqarrarligi ta'minlanishi uchun tergov bo'limiga topshirilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati