17 Noyabr 2021 yil
483
Qidiruvdagi denovlik bezori Termiz shahrida qo'lga olindi
Denov tumanida 2021 yil avgust oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismida, ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruvda bo'lgan ehtiyot chorasi "tilxat" qo'llanilgan, tumanning "So'fi Olloyor" mahallasida yashovchi, T.Dilshod (ism sharif o'zgartirilgan) 1 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi IIV shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo'yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahar hududida yashirinib yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati