9 Fevral 2022 yil 429

Qidiruvda bo'lgan shaxs Termiz shahrida qo'lga olindi

Termiz shahrida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi va 169-moddasi 3-qismida ko'rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Termiz shahar IIB tomonidan qidiruvda bo'lgan ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, Sho'rchi tumanida ro'yxatda turib, Termiz shahrida yashovchi, J.Kamol (ism sharif o'zgartirilgan), 25 yanvar kuni viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahar hududida yashirinib yurganligi aniqlanib ushlangan va Termiz shahar IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.


Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech