15 Iyun 2020 yil 653

Qidiruvda bo'lgan o'g'ri qo'lga olindi

Sherobod tumanida 2019 yil dekabr oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a" bandida ko'rsatilgan o'g'rilik jinoyatini sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Andijon viloyati Andijon tuman Jinoyat ishlari bo'yicha sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi "qamoq" qo'llanilgan Andijon viloyati Andijon tumani "oqyol" mahallasida yashovchi T.X.ni 13 iyun kuni Sherobod tumani ichki ishlar bo'limi xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib qo'lga olingan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech