25 Dekabr 2021 yil
413
Qidiruvda bo'lgan jarqo'rg'onlik shaxs, Toshkent shahrida qo'lga olindi
Jarqo'rg'on tumanida 2021 yil mart oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo'yicha Jarqo'rg'on tuman sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, tumanning "Minor" mahallasida yashovchi, D.Sodiq (ism sharif o'zgartirilgan) 2021 yil 13 dekabr kuni Toshkent shahrida xizmat safarida bo'lgan viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida yurganligi aniqlanib, ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati