23 Noyabr 2021 yil
867
Qashqadaryolik firibgar yer olib berishni va'da qildi
Uzun tumanida 2021 yil 9 oktabr kuni, tumanning "Oqostona" mahallasida yashovchi, Sh.Sharof (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yilda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi, R.Rashid, "tumanning "Tomchi" mahallasi hududidan yer maydoni olib beraman"-deb, 3000 (uch ming) AQSh dollari va 20.000.000 (yigirma million) so'm pulini olib, o'zlashtirib ketganligini bildirgan. 5 noyabr kuni R.Rashidga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati