30 Iyun 2020 yil
684
Qasddan badanga og'ir shikast etkazdi
Boysun tumanida 2020 yil 28 iyun kuni soat 18.00 da, tumanning "Bog'ibolo" mahallasida yashovchi, H.T. tuman hududida, qo'shni mahallada yashovchi mahalla raisi J.F. bilan o'zaro janjallashib, janjal vaqtida H.T. qo'lida bo'lgan chopqi pichoq bilan J.F.ning chap ko'krak qismiga bir marotaba sanchib, J.F.ga "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati etkazgan. Natijada, 2020 yilning 29 iyun kuni H.T.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi "e" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati