18 Mart 2021 yil 1172

Qarzdorligi mavjud transport vositalari aniqlanib, jarima maydoniga qo'yilmoqda

Surxondaryo viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan har-kuni xizmatlari vaqtida harakat xavfsizligini ta'minlash bilan bir qatorda, ularga biriktirilgan elektron planshetlar orqali yo'l qoidabuzarligi bo'yicha vaqtida to'lanmagan jarimalari mavjud bo'lgan transport vositalari jarima maydonlariga qo'yilmoqda. Jumladan 2021 yil 18 mart kuni YPX xodimlari tomonidan quyidagi qarzdorligi mavjud transport vositalari aniqlangan va jarima maydoniga qo'yilgan: 01J668AB davlat raqam belgili fuqaro A.N.ga tegishli "Kobolt" avtomashinasi 2 899 000 so'm, 75/949 OAA raqamli "B.F" MChJga tegishli "Kobolt" avtomashinasi 1 115 000 so'm, fuqaro ya.J.ga tegishli 70H130OA davlat raqam belgili "Neksiya" avtomashinasi 1 115 000 so'm, fuqaro N.Z.ga tegishli davlat raqami 75M047LA bo'lgan "Malibu" rusumli avtomashina 223 000 so'm, fuqaro q.Sh.ga tegishli davlat raqami 75R708LA bo'lgan "Neksiya" rusumli avtomashina 669 000 so'm jarimalarni to'lash muddatini ya'ni (MJTKning 291-moddasiga asosan) 60 kunni o'tkazib yuborishgan. Jarimalarni o'z vaqtida to'lashni ununtmang!


Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati

Text to speech